Oliy taʼlim taşkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oşirilmoqda
04/07/2025
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş institutida 2025-yil 3–9-iyul kunlari “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida malaka oşiriş kurslari taşkil etildi.
Mazkur malaka oşiriş dasturi doirasida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim taşkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari iştirok etmoqda. Bugun malaka oşiriş kursining ilk maşḡulotlariga start berildi.