Do’stona aloqalar
2024 — yil 30-noyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Markaz ma’muriyati tomonidan Markaz haqida batafsil ma’lumotlar berildi va ikki ta’lim muassasasi o’rtasida do’stlik aloqalarini mustahkamlash va birgalikda ta’lim, sport va zakovat intellektual bellashuvlari tashkil etishni rejalashtirib olishdi.
28