Muhandislik tanlovning yakuniy bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
01/07/2025
📣 Muhandislik tanlovining 2-bosqichi yakunlariga ko‘ra G‘oya, Loyiha va Ixtiro yo‘nalishlarining har birida Ishchi guruh tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar tanlovning Yakuniy bosqichiga yo‘llanma oldilar.
🗓 Mazkur bosqichda har bir ariza Ishchi guruh a’zolari tomonidan individual tartibda baholandi.
❇️ Tanlov joriy yilda birinchi marotaba o‘tkazilayotganligi, tanlovga kelib tushgan arizalar mazmunan o‘xshashligi hamda 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh muhandislarga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etish maqsadida, Tashkiliy qo‘mitaning tegishli qaroriga muvofiq, tanlovning 9 ta yo’nalishi bo‘yicha har biridan 15 tadan, jami 135 ta ariza yakuniy bosqichga o‘tkazildi.
Yakuniy bosqich ishtirokchilari ro‘yxati: G‘OYA yo‘nalishi – RO‘YXAT (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/06/30/97d0c11d-5f6d-6fbb-ee08-4bb2b16c63be_media_.pdf) LOYIHA yo‘nalishi – RO‘YXAT (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/06/30/3f29f020-789f-e1ac-2e1d-b843f30be6a6_media_.pdf) IXTIRO yo‘nalishi – RO‘YXAT (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/06/30/921344ea-9be8-a84b-4274-acedcfded045_media_.pdf)
🔹 Tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning iyul oyida o‘tkazilib, unda ishtirokchilari o‘z loyihalarini Tanlov komissiyasi huzurida taqdimot qiladilar.
📌 Eslatib o‘tamiz tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkazilmoqda.
🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 1-o‘rin: elektromobil (9 nafar g‘olib uchun) 2-o‘rin: xorijiy mamlakatlarga stajirovka yo‘llanmasi 3-o‘rin: pul mukofotlari
Barcha ishtirokchilar o‘z ballarini muhandis.edu.uz (https://muhandis.edu.uz/)saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.