Xalqaro hamkorlik
Ayni damda Indoneziyada bo‘lib turgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti delegatsiya a’zolari institutimizning xorijiy hamkorlik salohiyatini yanada oshirish maqsadida, Indoneziyaning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Pendidikan universitetining barcha kampuslariga tashriflar amalga oshirilmoqda.
Dastlab universitet kampuslari bilan yaqindan tanishib, Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar chog‘ida magistratura bosqichi uchun Dual ta’lim 1+1 dasturini amalga oshirish kelishib olindi. Shundan so‘ng delegatsiyaning barcha a’zolari tomonidan fanlar kesimida 200 dan ortiq talabalarga seminar darslari o‘tildi.
Kunning ikkinchi yarmida o‘rta ta’lim maktablariga borildi va u yerda yaratilgan shart sharoitlar hamda Boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlari, darsliklari bilan tanishildi. Delegatsiya a’zolari tomonidan maktab o‘quvchilariga turli xil yo‘nalishlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Quvonarlisi shuki, delegatsiyamiz a’zolari xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bilan birga Xorijiy malaka oshirish kurslarida ham faol qatnashishmoqda.