⚡️ Said otaliq madrasasi — bu tarix va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik, bu yerda yuksak ma’rifat nurini yoygan ustozlar va bilimga chanqoq yoshlar birlashgan. Madrasaning devorlari orasida olimlik va sabr-toqat tarannumi yashaydi, ularning har bir so‘zi va harakati avlodlarga ibrat bo‘lib xizmat qiladi.
📌 Bugun Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ushbu ochiq osmon ostidagi muzeyda bo‘lib, o‘tmishga sayohat qildilar. Fakultet dekani v.v.b. R. Salomova o‘lkamizning muqaddas qadamjosi haqida tarixiy ma’lumotlar berib, o‘z davrida diniy va dunyoviy ilmlar mukammal o‘rgatilganligini ta’kidladi.