Magistratura bo‘limida ilmiy-tadqiqot ishlari himoyalari bo‘lib o‘tdi
25/06/2025
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Magistratura bo‘limi Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari ilmiy tadqiqot ishlari va magistrlik dissertatsiyasining belgilangan boblarini yakunlab, ularning himoyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar.
🔵 Mazkur himoya jarayonida Magistratura bo‘limi boshlig‘i Sh.Mahmudov hamda Xorijiy til va adabiyoti (yuqori kurslar) kafedrasi professor-o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.Bobojonov ishtirok etdi.
✅ Magistrantlar ilmiy rahbarlarining rahnamoligida dissertatsiya ishlarining muhim boblarini sifatli tayyorlab, tegishli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarini namoyon etdilar.
✳️ Himoya jarayonlari ochiq va samarali o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.