📅 2025 yilda ham abituriyentlar uchun test sinovlari 14 – 25 iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Jamshid Odilov ma’lum qildi.
🏫 Imtihon o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tuzib bo‘lindi. Endi aniq sanalar va joylar ariza topshirish muddati yakunlanganidan so‘ng rasman e’lon qilinadi.
❗️ Abituriyentlarga maslahat:
🧭 Pasport va ro‘yxatdan o‘tganligingizni tekshirib boring
🧭 Imtihon joyingiz e’lon qilinganidan so‘ng, yer manzili va vaqti bilan tanishib chiqing
🧭 Psixologik va intellektual tayyorgarlikni boshlang!
📌 Yangiliklarni kuzatib boring — biz eng muhimi va rasmiy ma’lumotlarni sizga birinchi bo‘lib yetkazamiz!