🏢 DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalaridan 12 nafari yakuniy davlat attestatsiya imtihonini topshirdilar. Komissiya raisi Termiz davlat universiteti “Jismoniy tarbiya va sport oʻyinlаri” kafedrasi mudiri, professor B.Q.Amonturdiyev boshchiligida imtihon jarayonlari shaffof, adolatli va yuqori saviyada o‘tkazildi.