UzA | Kulobdagi xalqaro forumda O‘zbekistonning noyob turistik jozibasi namoyish etildi
23/06/2025
Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatidagi Kulob shahrida “Xatlon-turizmning qaynoq yuragi” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro turizm forum-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Xitoy, Koreya, Eron, Rossiya, Qirg‘iziston, Turmaniston kabi o‘nga yaqin davlatdan turizm sohasi vakillari qatnashgan tadbirda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalari ham faol ishtirok etdi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Xatlon viloyati raisi Davlatali Said forum qatnashchilarini tabriklab, hududning boy turistik salohiyati va sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha malumot berdi.