Xatlon – turizmning qaynab turgan yuragi” xalqaro forumida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faol ishtirok etdi!

23/06/2025

🔹 Tadbirda institut rektori Oybek Ruziyev turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.

📌 Taqdimotlar davomida O‘zbekistonning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, agroturizm, ekoturizm, tibbiy va gastronomik sayyohlik yo‘nalishlarini aks ettirgan videoroliklar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🤝 Forum doirasida muhim hamkorliklarga erishildi. Institut tomonidan quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar imzolandi:
➖ Kulob davlat universiteti (Tojikiston)
➖ Tojikiston Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar universiteti

📈 Ushbu hamkorliklar xalqaro tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalar va akademik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi!