Dolzarb 90 kun munosabati DTPIda san’at ko’rgazmasi tashkil etildi

16/06/2025

🔹 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda fakultet talabalari tomonidan yaratilgan rangli va grafik tasvirlardagi san’at asarlari, shuningdek, amaliy san’at namunalari namoyish etildi.

🔸 Ko‘rgazma davomida talabalar o‘z ijodiy yondashuvlarini, tasviriy san’at bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Har bir asar o‘ziga xos g‘oya, uslub va ijodkorlik bilan ajralib turdi. Tomoshabinlar, jumladan, o‘qituvchilar va talabalar bu san’at namoyishini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.