🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Rektor va iqtidorli yoshlar uchrashuvi” tashkil qilindi.
✅ Mazkur uchrashuvda “Rektor stipendiyasi”ga erishgan talabalarning ilmiy faoliyatlari haqida so’z bordi.
⚡️ Institut rektori O.Ruziyev uchrashuv davomida institutning o‘quv-tarbiyaviy faoliyati, yoshlarni ilm-fan, kasb-hunar va tadbirkorlik sohalarida qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalari haqida so’zlab o‘tdi. Shuningdek, institut ma’muriyati talaba-yoshlarni o‘z iqtidorlarini hamda iste’dodlarini namoyon qilishlari uchun barcha zarur shart-sharoit yaratib berishini ta’kidlab o‘tdi. Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.