EKOFAOL TALABALAR
Surxondaryo viloyati “EKO CHORLOV” harakati kengashi a’zolari bilan tanishing!
🌱 Bizning olamimiz – ajoyib maskan. Biz odamlar, o‘z yerimizga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazganimizni anglash juda achinarli holat. Afsuski, har yili atrof-muhitning holati yanada yomonlashmoqda. Biz shunchaki qarab tura olmaymiz. Har birimizning hissamiz, tabiat uchun qilgan har bir harakatimiz barqaror atrof-muhitga erishish yo‘lida muhim o‘rin tutadi. Faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va aniq amallarimiz bilan ushbu maqsadga erishishimiz mumkin.
⚡️ “EKO CHORLOV” loyihasi ham ona tabiatimizni asrab-avaylash, yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekovolontyorlar, tabiatni sevuvchilar, mehr beruvchilar safini kengaytirishni o’z oldiga maqsad qilib olgan.
🌍 Unutmaylik, har birimiz tabiatning bir bo’lagimiz. U bizga omonatdir.
🌿 Tabiatni asrash – burchimiz!
♻️ Atrof-muhit muammolari va ekologik yangiliklar
📢 Fikr bildiring, muhokama qiling, yechim taklif qiling!
Bizning manzil:
http://t.me/ekochorlov
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Eko faol talabalar” tashabbusi bilan 1-sonli talabalik turar joyida bosh yerlardan unumli foydalanish va hududda ekologik madaniyatni yanada oshirishga qaratilgan amaliy tashabbus amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida talabalar tomonidan yer maydonlari obodonlashtirilib, kuzgi poliz ekinlari ekildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda tabiatga mehr, yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash bo‘yicha mas’uliyatni shakllantirish, shuningdek, TTJ hududining yanada ko‘rkam va samarali bo‘lishiga hissa qo‘shishdir. Ushbu tashabbus nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki talabalarni mehnatga, jamoaviy hamkorlikka va ijtimoiy faollikka chorlovchi muhim qadam bo‘ldi.
“Eko faol talabalar ” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ushbu ishlar institutda ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda yashil makonlarni kengaytirishga qaratilgan izchil faoliyatning amaliy ko‘rinishidir.