Мagistrlik dissertatsiya ishi himoyalari

03/06/2025

🏛 Bugun Tarix va falsafa kafedrasining 2024-2025-o’quv yilida tamomlayotgan 2 nafar magistrantlari Mardonov Jasur Davran ug‘lining “AQSH tashqi siyosatida Yaqin sharq masalasi: tarixiy tahlil va natijalar (Isroil va Falastin muammosi misolida)” mavzusidagi, Shodmonov Qudratillo Nazarovichning “Buxoro xonligi tarixshunosligi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishining himoyalari bo’lib o’tdi.

❇️ Magistrlik himoyalari jarayonida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Ruziyev Oybek Abdimuminovich ishtirok etib, magistrlarning dissertatsiya ishlari bilan yaqindan tanishib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.