Tojmahalga sayohat

02/06/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchilari X.Kulbasheva va G.Nuraliyeva ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi asosida tashkil etilgan ikki haftalik ta’lim va madaniy almashinuv dasturida faol ishtirok etmoqda. Ushbu dastur doirasida ular Hindistonning tarixiy va madaniy meroslaridan biri bo‘lgan Tojmahalga madaniy sayohat uyushtirdilar.

📍 Sayohat davomida o‘qituvchilar Tojmahalning betakror me’moriy uslubi va uning tarixiy ahamiyati bilan yaqindan tanishib, ushbu noyob yodgorlik haqida chuqur bilim oldilar. Bu tajriba ularning xalqaro madaniy almashinuv va ta’lim jarayonlarida yangi yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishiga yordam beradi.

✅ X.Kulbasheva va G.Nuraliyevaning ITEC dasturidagi faoliyati va Tojmahalga uyushtirilgan madaniy sayohati DTPI jamoasi uchun qimmatli tajriba bo‘lib, institutning xalqaro hamkorliklarini kengaytirish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda.