🎤 Ayni damda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “IT-mutaxassislarni olib kelamiz — ular IT sohasidagi karyera va professional brend, ish qidirish va frilanserlik, shuningdek, shaxsiy samaradorlik haqida so‘zlab berishadi” shiori ostida tadbir boshlandi.
🔥 So‘z olganlar Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va IT Community Roadshow Denov o‘rtasida hamkorlik innovatsion muhitni rivojlantirish, yoshlarni IT sohasi va texnopark imkoniyatlariga jalb qilish, IT Park infratuzilmasi va DTPIning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanish orqali raqamli transformatsiyani jadallashtirish lozimligi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.