Jarayon

31/05/2025

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi videoselektor 60-son topshirigʻi 6-bandida belgilangan vazifa ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida abituriyentlar, hamda kambagʻal va kam taʼminlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 18-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilimlarini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini texnologiyalari kafedrasi qoshida “BIOLOGIYA” fani kursi tashkil etilgan edi. Mana bugun bu kursda 8 nafar Denov tumanidagi umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʻquvchilari tahsil olib ularning 4 nafari oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida imtiyoz beruvchi milliy sertifikatlarga ega boʻlishdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institut va Denov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlik yuqori suratlarda davom etmoqda.