Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining “Hisobot konserti” yuqori saviyada tashkil etildi.
27/05/2025
Tadbirda talabalar o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini namoyon etib, musiqiy chiqishlari orqali mehmonlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdilar.
📌 Mazkur jarayonda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Hisobot konserti bitiruvchilarning o‘z kasbiga bo‘lgan mehrini, tayyorgarlik darajasini va san’atga bo‘lgan munosabatini yaqqol namoyon etdi. Bu kabi tadbirlar yosh mutaxassislar uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.