O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 232-sonli qarori 16-bandi ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalari va fakultet Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari N.Shoymardonova hamda M.Sobirjonova rahbarligida Sarosiyo tumanida joylashgan Sangardak sharsharasida ziyoratda bo‘lib qaytishdi.