Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Samarqand Arxeologiya instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

29/05/2025

⚡️ Shartnoma doirasida institutlar ilmiy-tadqiqotlar, ta’lim jarayonlari, arxeologik ekspeditsiyalar va madaniy tadbirlar bo‘yicha yaqindan hamkorlik qiladilar. Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qo‘shma seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda tajriba almashish imkoniyatlari yaratiladi. Bundan tashqari, yangi ilmiy loyihalar va grantlarga birgalikda ariza berish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ham rejalashtirilgan.

📌 Hamkorlikning asosiy maqsadi – tarix, madaniyat va arxeologiya sohalarida ilmiy salohiyatni oshirish va malakali kadrlar tayyorlashdir. Shartnoma tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.