Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Rektor stipendiyasi” suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi

28/05/2025

⚡️ Joriy yilning 27-may kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida iqtidorli va faol talabalarni rag‘batlantirish maqsadida e’lon qilingan “Rektor stipendiyasi” tanlovining suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda institutning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ilg‘or, tashabbuskor va ijtimoiy hayotda faol talabalar ishtirok etdi. Suhbat jarayonlarida talabalar o‘z bilim darajasi, innovatsion g‘oyalari hamda yetakchilik salohiyatini namoyish etdilar.