Startap loyihalari bo‘yicha malaka oshirish — Hindistonda!

26/05/2025

📍 DTPI o‘qituvchilari X.Kulbasheva va G.Nuraliyeva 🇮🇳 Hindiston davlatida tashkil etilgan startap loyihalari bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etdilar.

📚 Kurs davomida ular:
🔹 Startap biznesni boshqarish
🔹 Innovatsiyalarni joriy etish
🔹 Moliyaviy rejalashtirish
🔹 Marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.

🧑‍💼 Malaka oshirish dasturi:
✅ Amaliy mashg‘ulotlar
✅ Seminar-treninglar
✅ Xalqaro tajriba almashinuvi
✅ Hindistonning ilg‘or startap ekotizimi bilan tanishuvni o‘z ichiga oldi.

🌱 Ushbu kurs DTPI o‘qituvchilarining professional rivojlanishiga va hududlarda innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga muhim zamin yaratdi.