⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasining stajyor-o‘qituvchisi, amaliyot rahbari A.Bolliyev, O‘.Hayitova Biologiya taʼlim yo‘nalishi 3-kurs 9B-2022, 11B-2022 va 10B-2022 guruhlari talabalarini amaliyoti davrida “DENOV OLTIN DON” MCHJga qarashli un ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldilar.
📌 O‘rganishlar davomida zavodning ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishtirildi. Mutaxassislar tomonidan bug‘doyning qabul qilinishidan boshlab, yakuniy mahsulot — un tayyor bo‘lgunga qadar bo‘lgan barcha bosqichlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.