Ayni vaqtda “Zakovat” arena binosida yoşlar, taʼlim, innovatsiya va tadbirkorlik olamining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri – “TalabaExpo–2025” kōrgazmasining tantanali oçiliş marosimi bōlib ōtdi.
“Bitiruvçilar kuni”ga baḡişlangan “Talaba – kelajak” nomli tantanali oçilişda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi ōrinbosari Şohrux Daliyev, Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev, “ŌzMilliybank” AJ Kelajakka qadam markazi direktori Elmurod Hoşimov, “Aloqabank” ATB boşqaruv raisi maslahatçisi Alişer Qurbonov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi ōrinbosari Nodira Şotursunova yoşlar bilan oçiq muloqot ōtkazdi.
Tadbirda 1 500 nafar talaba va yoş mutaxassislar iştirok etib, tajribali mutasaddilar bilan bevosita muloqot qiliş imkoniyatiga ega bōldi.
“Talaba – kelajak” uçraşuvi – bu nafaqat bitiruvçilar uçun yōl kōrsatuvçi maydon, balki ularning yangi bosqiçdagi hayot yōlida işonçli tayançdir.