O‘tmishdan so‘zlovchi maskan

21/05/2025

🖋 “Chinortepa” arxeologik yodgorligi qazishma maydoni tarix sirlarini va uzoq yillik xotiralarini o‘z bag‘rida yashirib yotibdi. Bu yerdan topilayotgan har bir sopol buyum va har bir topilma o‘tmishdan hikoya qiladi.

❇️ “Chinortepa” arxeologik yodgorligi Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Chinor” qishlogʻida yani, Bobotogʻ togʻ tizmasi va Surxondaryo daryosi oraligʻidagi tepalik hududida joylashgan.

📌 Bu joy o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi muhim tarixiy madaniy markaz hisoblanadi. Ushbu joyning topilishi va o’rganilishi Oʻrta Osiyoning qadimiy tarixi, madaniyati va ijtimoiy rivojlanishini oʻrganish uchun qimmatli ilmiy maʼlumotlarni beradi.
🔵 Tadqiqotlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutidan tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etishmoqda.