📌 Qadriyatlar – har bir millatning maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi. Buyuk mutafakkirlar ham qadriyatlar millat maʼnaviyatining koʻzgusi deb bejiz eʼtirof etishmagan. Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, anʼanalarini, barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini oʻz ichiga qamrab oladi. Bugun Filologiya fakultetida “Milliy qadriyatlar-millat iftixori” mavzusida fakultet tyutorlari va talabalar ishtirokida chellanj o‘tkazildi.