Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga rasmiy tashrif
10/05/2025
⚡️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institut rektori Oybek Ruziyev boshchiligida mehmonlar o‘quv binolari, laboratoriyalar, Kelajakka qadam markazi, kutubxona hamda zamonaviy dars xonalari bilan yaqindan tanishtirildi.
📌 Mazkur uchrashuv davomida institutda taʼlim sifati, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, talabalarga yaratilgan sharoitlar, innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish borasida erishilayotgan yutuqlar keng muhokama qilindi.