Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrigi
09/05/2025
Hurmatli yurtdoshlar, aziz faxriylar!
📌 Bugun yurtimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotgan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bu kun – mardlik, sabr-toqat, fidoyilik timsoliga aylangan yurtdoshlarimizning jasoratini e’zozlash, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga zamin yaratgan faxriylarimizni ardoqlash, ularning oldidagi burchimizni yodda tutish kunidir.
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylariga chuqur hurmat va ehtirom bildiramiz. Sizlarning mardlik va jasoratingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ushbu muqaddas sana barchamizni o‘tmishni unutmasdan, kelajakka yanada qat’iy ishonch bilan intilish, o‘zaro mehr-oqibat va totuvlikda yashashga da’vat etadi.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik tilayman!
Hurmat bilan, O.A.Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori