O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 4-maydagi xatiga asosan, 2025/2026-o‘quv yilida Hindistonning Haryana shtatidagi Maharishi Markandeshvar universitetida ta’lim olish uchun stipendiya dasturi e’lon qilindi.
🔹 Stipendiya dasturi bo‘yicha ajratiladigan grantlar:
Onlayn ta’lim – 20 ta grant o‘rni
An’anaviy (oflayn) ta’lim – 30 ta grant o‘rni
📚 Dastur bo‘yicha yo‘nalishlar:
Ta’lim jarayoni axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kompyuter muhandisligi, biznes ma’murchiligi, matematika, biotexnologiyalar, tibbiy laboratoriya texnologiyalari kabi bir qator mutaxassisliklarni qamrab oladi.
💼 Stipendiyaning shartlari va xarajatlar:
O‘qish xarajatlari Hindiston tomonidan qoplanadi.
Onlayn ta’lim olish – yiliga 200-250 AQSH dollari ro‘yxatga olish uchun to‘lov,
An’anaviy (oflayn) ta’lim olish – yiliga 250-500 AQSH dollari ro‘yxatga olish uchun to‘lov,
Yotoqxona to‘lovi – yiliga 1000-1350 AQSH dollari.
📝 Arizalar qabul qilish tartibi:
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar barcha zarur hujjatlarni onlayn tarzda taqdim etishlari kerak. Hujjatlar ingliz tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga topshirilishi lozim.
💬 Batafsil ma’lumot:
Stipendiya dasturi haqida batafsil ma’lumot olish uchun doktor Rahul Dev Guptaga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 Tel: +91 80599 30955, +91 94162 67719
📧 E-mail: rdgupta@mmumullana.org
Tashabbusdan foydalanib, Hindistonda yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!