Heydar Aliyev Xalqaro Ta’lim Grant Dasturi (2025–2026)

07/05/2025

⚡️ Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Fan va ta’lim vazirligi 2025–2026 o‘quv yili uchun “Heydar Aliyev – Xalqaro Ta’lim Grant Dasturi”ni e’lon qiladi. Ushbu grant dasturi xorijiy talabalarni Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

🗓 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-maygacha
📌 Grant quyidagilarni qamrab oladi:
🎓 O‘qish to‘lovlari (to‘liq)
✈️ Har yili bir marta xalqaro aviachipta xarajatlari
💰 Oylik stipendiya (800 AZN, taxminan 470 AQSH dollari)
🏥 Tibbiy sug‘urta (yiliga 200 AZN)
🛂 Viza va ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari
🎯 Talabgorlar uchun ta’lim darajalari:
➖ Bakalavr dasturi
➖ Umumiy tibbiyot dasturi
➖ Magistratura dasturi
➖ Tibbiy rezidentura dasturi
➖ Doktorantura (PhD) dasturi

🌐 Qo‘shimcha ma’lumot va hujjat topshirish tartibi:
Rasmiy veb-sayt: studyinazerbaijan.edu.az (https://studyinazerbaijan.edu.az/financial-support)