9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jadidchilik milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jadidchilik milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
07/05/2025
🔰 Tarixning eng yuksak sahifalaridan birini yozgan insonlar – jadidlardir. Jadidlar – bu o‘z zamonasining ilg’or, yuksak ma’rifatni targ’ib qilgan, xalqni uyg’otishga intilgan, o‘z xalqining taraqqiyoti uchun kurashgan jasoratli fidoyilardir. Ular o‘zlarining ilm, ma’rifat va milliy uyg’onish haqidagi g’oyalari bilan xalqni yangi davrga olib kirgan. Jadidlar o‘z zamonining mutafakkirlari, yangi o‘qituvchilar, olimlar va madaniyat arboblari edilar. Ularning asarlari, yozgan kitoblari, ta’lim sohasidagi islohotlari nafaqat o‘z vaqtida, balki bugun ham biz uchun ulkan ahamiyatga ega.
📌 Ma’lumot uchun, tadbir “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tayanch doktoranti Kamolova Ozodaxon Muzaffar qizi tomonidan tashkillashtirildi. Qolaversa, O.Kamolova yuqoridagi mavzu yuzasidan tadqiqot olib bormoqda va ushbu tadbirda izlanishlarining amaldagi tatbiqini “Maktabgacha ta’lim kafedrasi” talabalari bilan hamkorlikda turli chiqishlar, ma’ruzalar orqali namoyish etdi.