Xotira bilan faxrlanamiz, qadriyat bilan yaşaymiz!

07/05/2025

⚡️ Bugun Pedagogika fakultetida “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi professor-ōqituvçilari D.E. Karimova va N.N. Kalonovalar taşabbusi bilan maktabgaça taʼlim yōnalişi 103-guruh talabalari iştirokida “Xotira bilan faxrlanamiz, qadriyat bilan yaşaymiz” şiori ostida bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbir davomida talabalar Vatan himoyaçilari, mehnat faxriylari va tarixiy qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning jasoratini yodga oldilar. Sahna kōrinişlari, badiiy çiqişlar va şeʼrlar orqali tarixiy voqealarning ahamiyati yanada çuqur anglatildi.

📌 Talabalar ōz çiqişlari orqali bugungi tinç hayot, ozodlik va erkinlik uçun qançalik maşaqqatlar çekkan ajdodlarimizni faxr bilan esladilar. “Xotira bilan faxrlanamiz, qadriyat bilan yaşaymiz” şiori ostida ōtgan bu tadbir yoşlarda vatanparvarlik, tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyḡularini mustahkamladi.