“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham “Sport oyligi” doirasida sport musobaqalari start oldi.
05/05/2025
⚡️ 2025-yil 5-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mamlakat miqyosida tashkil etilgan “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev, soha mutasaddi vakillari va talaba-yoshlar ham faol ishtirok etdilar.
📌 Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni — “Sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
✍️ Ma’lumot o‘rnida, sport oyligi davomida yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari, harbiylashtirilgan jamoalar oʻrtasida bellashuvlar, sport festivallari va boshqa turli tadbirlar tashkil etiladi.