⚡️ Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
📌 Mazkur tanlovda ijtimoiy-iqtisodiy va yuridik sohalarda tahsil oluvchi bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari ishtirok etishlari mumkin. Qatnashish uchun arizalar 2025-yil 23-mayga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotchilar tomonidan qabul qilinadi va tanlov oktabr oyiga qadar bo‘lib o‘tadi.
✅ Batafsil ma’lumot taqdimot shaklida ilovada, shuningdek, https://rouz.vavt.ru/ onlayn platformasida keltirilgan.