⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchilari ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashish maqsadida Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Firat Universitetida malaka oshirib qaytdi.
✔️ Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, interaktiv dars uslublari va xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashish, o‘zaro seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
📌 Malaka oshirish davomida Firat Universitetining ta’lim jarayoni, ilmiy laboratoriyalari, kutubxona va axborot resurslari bilan tanishildi. O‘zaro tajriba almashish ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, ilmiy izlanishlar va qo‘shma loyihalarga yo‘l ochishi kutilmoqda.
➖ Firat Universitetida malaka oshirib qaytgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Surxondaryo viloyati teleradiokanali orqali efirga uzatilayotgan “Munavvar kun” musiqiy dam olish dasturi mehmoni bo‘lib qaytishdilar.