🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori, professor O.A.Ruziyev boshchiligida institutning navbatdagi aprel oyi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Institutimiz rektori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaror va buyruqlari asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
📌 Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.T.Normurotovning, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.Sh.Primkulovning, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sektori bo‘lim boshlig‘i B.T.Jurayevlarning hisobotlari tinglandi.