Jarayon

28/04/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev, Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti tyutorlari va talaba yoşlari Denov tumanida joylaşgan “Yoşlar sayilgohida” yangi taşkil etilayotgan Book Kafe faoliyati bilan tanişdilar. Kafe, yoşlarni bilim oliş va ijodiy rivojlanişda raḡbatlantiriş maqsadida taşkil etilmoqda.

📌 Book Kafe faoliyati yoşlar orasida ōqiş madaniyatini oşiriş, ilm-fan va sanʼatga qiziqişni kuçaytiriş, şuningdek, talabalar va yoşlarni ōzaro muloqotga jalb qilişga imkon yaratadi. Bu joy nafaqat kitobsevarlar uçun, balki turli fikrlarni almaşiş va ijodiy tajribalarni rivojlantiriş uçun mukammal imkoniyatdir. Denov tumanidagi yoşlar uçun bunday taşabbus, ularning intellektual va madaniy rivojlanişida muhim rol ōynaydi.