Maktablar bilan hamkorlik amalda

28/04/2025

⚡️ DTPI rektorining 2025-yil 22-martdagi 61-A-sonli buyruḡi ijrosini taʼminlaş, pedagog kadrlar tayyorlaş tizimini maktab taʼlimi sohasidagi islohotlar bilan uyḡunlaştiriş va biriktirilgan maktablarga amaliy yordam kōrsatiş maqsadida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Oliy matematika ” kafedrasining bir guruh professor-ōqituvçilari Oltinsoy tumanidagi 34-umumtaʼlim maktabida bōldilar.

✔️ Ōrganişlar davomida maktabda metodik xona taşkil qilindi, ōqituvçilar va ōquvçilariga metodik yordam sifatida “Oliy matematika ” kafedrasi mudiri (dotsent ) M.R.Sobirova va ōqituvçi B.M.Rustamovlar tomonidan tayyorlangan “PISA masalalarini yeçiş bōyiça oçiq topşiriqlar namunasi” nomli uslubiy qōllanmalar topşirildi.