🏛 Denov tumani hokimining 2024-yil 26-sentabrdagi VI-91-92-8-111-K/24 sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari Denov tuman kengashining 2024-yil 2-mavsum uchun jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududlarining barcha yo‘laklar va avtoturargohlariga to‘liq asfalt qoplamasi yotqizish taklifi uchun (1 360,0 mln so‘m) – 3 495 ta ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan edi. Ayni kunlarda institutimizning Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan manzilda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
🌸 2025-yil 20-yanvardagi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali o‘tkazilgan elektron tender natijasi bo‘yicha “Oltinsoy yangi taraqqiyot” MChJ g‘olib deb topilgan hamda buyurtmachi va bajaruvchi o‘rtasida shartnoma tuzilib, hozirda amaliy ishlar olib borilmoqda.