Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2024/2025 oʻquv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining tarkibi tasdiqlandi.

26/04/2025

🔵 Ushbu haftada Davlat boshqaruvi akademiyasida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning malakasini oshirish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kursi oʻtkazilmoqda.

📌Eʼtiborlisi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekani M.N.Musulmonqulova ham malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.

🔰 Oʻquv kursi davomida davlat boshqaruvida strategik qarorlar qabul qilish, nizolarni boshqarish, muzokaralar olib borish, jahondagi geosiyosat jarayonlarini oʻrganish va bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir yangi metodologiyalarni oʻrganish va amaliyotga joriy etish boʻyicha maʼruzalar tashkil etilgan.