Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti sport zalida DTPIga biriktirilgan texnikumlar o‘rtasida sportning “VOLEYBOL” turi bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

26/04/2025

✔️ Musobaqada Denov, Sho‘rchi va Uzun tumanidan jami 7 ta texnikumlarning yigitlar terma jamoalari ishtirok etdilar. Qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tgan musobaqada Rektor kubogi Uzun tuman 2-son texnikumiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Denov tuman 2-son texnikumi egalladi. 3- o‘ringa Uzun tuman 1-son texnikumi jamoasi yigitlari sazovor bo‘ldilar.

📌 Ma’lumot o‘rnida, g‘olib va sovrindorlar institut ma’muriyati tomonidan kubok, medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.