🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-aprildagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish tanlab olingan tuman (shahar)larda chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida’’gi PQ-132-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Denov tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamkorligida DTPI va Denov tuman “Kasbiy ko‘nikmalar markazi” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
✅ Ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida, institutimizning Karera markazi va Raqamli iqtisodiyot markazi binolarida (IT, tikuvchilik, xorijiy til yo‘nalishlarda) kasbga o‘qitiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan bitiruvchilarga maxsus sertifikat taqdim qilish va ularning bandligini ta’minlashda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shaffof tizimni joriy etish asosiy maqsadi etib belgilandi.