Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Universiada sport musobaqalari doirasida, yengil atletika yo‘nalishida DTPI talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir qator faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
🏆 Musobaqa natijalari: 🔹 3000 metrga yugurish: 🥇 Yo‘ldoshev Hasan Istam o‘g‘li — 1-o‘rin, 🥉 Raxmonov Shaxzod Farxod o‘g‘li — 3-o‘rin. 🔹 1500 metrga yugurish: 🥈 Sherqulov Jobir Eshqul o‘g‘li — 2-o‘rin, 🥉 Raxmonov Shaxzod Farxod o‘g‘li — 3-o‘rin. 🔹 800 metrga yugurish: 🥉 Omonturdiyev Nurtemir Qarshi o‘g‘li — 3-o‘rin. 🔹 Yugurib kelib uzunlikka sakrash: 🥉 Ruziyev Doniyor Mamatrayim o‘g‘li — 3-o‘rin.
📣 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 3000 metrga yugurishda 1-o‘rinni egallagan talabamiz Yo‘ldoshev Hasan Istam o‘g‘li Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.