Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Hindistonning Indira Gandhi Krishi Vishwavidyalaya (Raipur) universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi.
Prezidentimizning 2020-yil 17-apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi o‘tmishdan ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojlangan janubdagi vohada buyuk ajdodlari an’analarini davom ettirib, xalqaro aloqalarni keng yo‘lga qo‘ymoqda.
Jumladan, qisqa davrda dunyoning Qatar, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Janubiy Koreya, Rossiya, Afg‘oniston, Tojikiston, Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlaridagi 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatdi.