⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari, Turkiyaning Elazig’ shahridagi Ferat universitetida malaka oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida o‘qituvchilar Ferat universiteti bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash, ta’lim tizimlaridagi zamonaviy yondashuvlar va tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sayohat davomida, ular Elazig’ shahrining tarixiy yodgorliklari, jumladan “Harput basin” muzeyi va qadimiy obidalar bilan tanishib, Turkiyaning boy madaniy merosi va tarixiy o‘tmishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.