Karyera markazi kasb va til o‘rgatishga xizmat qiladi
12/04/2025
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tashkil etilgan “Karyera markazi”da bir vaqtning o‘zida 200 nafar talabaning turli kasblarga va turli tillarga o‘qitish imkoniyati mavjud.
📌 Binoning birinchi qavatida tikuvchilik va amaliy san’at, qandolatchilik, go‘zallik saloni, o‘g‘il bolalar sartaroshxonasi, 2-qavatda esa turli xorijiy tillarni o‘rgatish to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
🌸 Markaz nafaqat talabalarning ishga joylashishiga yordam beradi, balki o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mustaqil ta’lim olish, hunar o‘rganish hamda o‘z bilim, qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishlariga imkoniyat yaratadi.
✅ Bu erda koreys, yapon, xitoy, nemis, turk, ingliz, italyan va rus tillarini o‘rgatuvchi o‘quv kurslari tashkil qilingan bo‘lib, o‘quv kurslarida institutimizning malakali o‘qituvchilari hamda xorijiy til bilish sertifikatiga ega eng bilimli bakalavr va magistratura talabalari dars berishadi.