Ilmiy laboratoriya xonasi ochildi

08/04/2025

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Namozov Shafoat Sattorovich nomidagi ilmiy laboratoriya xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔵 Laboratoriya xonasining ochilishida institut rektori O Ruziyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Xurshid Eshov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor R.E.Shukurov, “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti dekani B.X.Iraliyev, “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi mudiri va professor o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

📌Ilmiy laboratoriyani ochishdan maqsad, mazkur kafedra professor o‘qituvchlari va tadqiqotchilariga o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.