Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi

02/04/2025

🏢 Filologiya fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, mazkur qaror va unga ilova – Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

🌸 Trening davomida talabalarga Registrator ofis boshlig‘i Sh.Amankulov tomonidan ta’lim grantini yuqorida qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan qayta taqsimlash sxemasi, talabgorlarning ijtimoiy faolligini baholash mezonlari haqida tushunchalar berildi.

🔷 Tadbirda fakultet mas’ullari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talabalar ishtirok etishdi.