5 MUHIM TASHABBUS-YOSHLARGA QANOT

25/04/2026

🏛 Pedagogika fakulteti Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Jamila Ubaydullayeva tashabbusi bilan “Ijod chashmalari” to‘garagi a’zolari tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “Qalamidan dur tomgan shoir” mavzusidagi adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

🔵 Tadbirda xalq suygan ijodkor Muhammad Yusufning vatanni, xalqni, onani, millatni ulug‘lovchi she’rlaridan namunalar ijro etildi.

❇️ Tadbirda qatnashgan kafedra professor-o‘qituvchilaridan S.Roziqova, S.Do‘stov, M.Rahmonova, O.Yozdonqulovalar Muhammad Yusuf ijodining inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, she’riyatning nafosat tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.