
DIQQAT, E’LON! QAYTA O‘QISH UCHUN ARIZA BERISHNING OXIRGI MUDDATI — 24-OKTABR
Hurmatli talabalar!
Qayta o‘qish uchun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza berish, tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda to‘lovni amalga oshirish hamda to‘lov haqidagi ma’lumotnomani taqdim etish muddati 2026-yil 24-oktabr etib belgilangan.
Eslatma:
To‘lov ma’lumotnomasi taqdim etilgandan so‘ng, HEMIS axborot tizimi orqali qayta o‘qish uchun ariza registrator ofisi menejerlari yordamida rasmiylashtiriladi.
Qayta o‘qish shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lovni to‘liq va belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalarning arizalariga rad javobi beriladi.
Talabalardan belgilangan muddatga qat’iy rioya qilish so‘raladi.
Murojaat uchun: rasmda ko‘rsatilgan registrator ofislari telefon raqamlari.
Telegram bot: https://t.me/dtpi_registrator_office_bot